Voyaga yetmagan qiz tilla buyumlarni o‘mardi
2021 yil 1 dekabr' kuni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 30 noyabr' kuni, yashash xonadonida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma'lum shaxs, hovlisiga devor oshib kirib, mehmonxonasida bo‘lgan umumiy narxi 12.000.000 so‘mlik bir dona bilak uzuk, ikki dona tilla uzuk, bir juft baldoqlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Davlatobod tumani IIB JQB tezkor vakili va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahar Davlatobod tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi, Namangan shahridagi maktabning 9-sinf o‘quvchisi, 2006 yilda tug‘ilgan qiz sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 1 dekabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati