9 May 2023 yil 339

Voyaga yetmagan qiz o‘g‘irlik sodir etdi.

2023 yil 4 may kuni Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 15:00 dan soat 21:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida ijara asosida yashab kelayotgan uyda hech kim yo‘qligidan foydalangan nomaʼlum shaxs, hovlisiga devor oshib kirib, xonadagi shkafda bo‘lgan narxi 5.000.000 so‘mlik ikki dona tilla ziraklarini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Yangiqo‘rg‘on tumani IIB EKB katta eksperti tomonidan voqea joyidan olingan qo‘l barmoq izlarini viloyat IIB EKM “shaxsni identifikatsiya qilish” tizimida olib borilgan tekshiruv ishlari hamda tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, tumandagi 22-sonli maktabning 7-sinf o‘quvchisi, 2009 yilda tug‘ilgan qiz ekanligi aniqlangan va daliliy ashyo olingan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech