Voyaga yetmagan farzandlaringizni avtomobil yo‘llarida yolg‘iz qoldirmang!
Shu yil 16 noyabr' kuni soat 16:10 larda, Mustaqillik MFY Oybek ko‘chasida Minsk rusumli motosiklini boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmasdan, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.
Natijada jabrlanuvchi bosh asosi suyagining sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Mingbuloq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 27 noyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
28 noyabr' kuni soat 10:00 larda To‘raqo‘rg‘on tumani Kosonsoy-To‘raqo‘rg‘on-Mingbuloq yo‘lining 66 km.da Neksiya rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmasdan, yo‘lni kesib o‘tayotgan 8 yoshli piyodani urib yuborgan.
Natijada jabrlanuvchi bosh miya yopiq shikasti, bosh o‘ng chakka suyagining yopiq sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
11 noyabr' kuni soat 11:30 larda Yangiqo‘rg‘on tumani Tuman MFY hududida, Lasetti rusumli avtomashinani ishonch qog‘ozi orqali boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, keskin burilgan vaqtda avtomashina eshigi ochilib ketib, avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1961 yilda tug‘ilgan fuqaro avtomashinadan tushib ketgan.
Natijada, yo‘lovchi chap yelka suyagini sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 28 noyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
23 noyabr' kuni soat 07:30 larda Namangan tumani Namangan-Sho‘rqo‘rg‘on-Tepaqo‘rg‘on yo‘lida Neksiya rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan 7 yoshli piyodani urib yuborgan.
Natijada piyoda chap yelka suyagining yopiq sinishi tashxisi bilan RShTYoIM Namangan filialiga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 30 noyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati