25 Mart 2021 yil 378

Voqea joyidan olingan barmoq izlari ayol kishiga tegishli bo‘lib chiqdi.

Joriy yil 21 mart kuni Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi yashovchi fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 12:30 dan soat 16:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida yashash uyida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma'lum shaxs, xonadon darvoza eshigining qulfini buzib kirib, mexmonxonasida bo‘lgan narxi 2.500.000 so‘mlik “Samsung” rusumli televizorini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Viloyat hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, Namangan shahar Davlatobod tumani  IIB EKB eksperti O.Umaraliev tomonidan voqea joyidan 6 dona qo‘l barmoq izlari olinib, viloyat IIB EKBdagi shaxsni avtomatlashtirilgan identifikasiya tizimi orqali tekshirilganda, 2 dona qo‘l barmoq izlari Namangan shahrida yashovchi 1969 yilda tug‘ilgan ayolning o‘ng qo‘l ko‘rsatkich va o‘ng qo‘l o‘rta barmog‘i izlariga mos kelganligi aniqlanib, tegishli ko‘rgazmalar olingan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech