Voyaga yetmagan shaxs o‘g‘irlikka qo‘l urdi
Chust tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 4 aprel kunidan 19 aprel kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs, Chust tumani Birlik mahallasida joylashgan avtomashinalarga ehtiyot qismlari sotish savdo do‘koniga kirib, u yerda bo‘lgan 7.000.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Tuman IIB JQB tezkor vakillari va kinolog xodimlar tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Chust tumanida yashovchi, tumandagi maktabning 8-sinf o‘quvchisi, 2008 yilda tug‘ilgan bola sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati