Viloyat hududi bo‘ylab o‘ktazilayotgan “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlari muhokama qilindi
Namangan viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov rahbarligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida viloyat hokimining o‘rinbosarlari, huquqni muxofaza qiluvchi idoralar, daxldor tashkilot va muassasalar rahbarlari, shahar va tumanlar hokimlari, ularning o‘rinbosarlari va boshqa mutasaddilar ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda dastlab yoshlar bandligi va tadbirkorligini taʼminlash, o‘quvchilarning yozgi taʼtil davrini mazmunli o‘tkazish, doirasidagi ishlar yuzasidan viloyat tashkilotlari rahbarlarining hisobotlari eshitildi.
Yig‘ilishda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, turli yot g‘oyalardan asrash hamda ular o‘rtasida o‘tkazilayotgan profilaktik-targ‘ibot tadbirlari borasidagi ishlar ahvoli yuzasidan maʼlumot berib o‘tdi.
Viloyat hokimi har bir masala yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar taʼsiri va samaradorligini oshirish lozimligini taʼkidlab, galdagi dolzarb vazifalarni belgilab berdi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati