31 Mart 2023 yil 631

Namangan viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev Namangan tumani aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazdi va tuman yoshlari bilan uchrashdi.

Madaniyat markazida tashkil etilgan sayyor qabulda ichki ishlar organlari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarda to‘qqizta murojaat kelib tushdi. Har bir fuqaro bilan yuzma-yuz suhbatlashilib, ularning muammolari masʼullar ishtirokida atroflicha o‘rganildi. Qo‘yilgan masalalar qisqa fursatda hal etilishi bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Tuman yoshlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda esa yigit-qizlarning o‘n ikkita murojaatlari tegishli tartibda yo‘naltirildi. Oliy taʼlim uchun shartnoma to‘lovlari, hunarmandchilik uchun subsidiya ajratish, kasb-hunarga zarur bo‘lgan anjomlar, qishloq xo‘jaligiga yer ajratish kabi masalalar shu yerning o‘zida yoshlar yetakchilarining o‘rganishlari asosida hal etildi.

Boshqarma boshlig‘i bu ishlarning tub mohiyati yoshlar bandligini taʼminlash va ularga zaruriy sharoitlar yaratish ekanligini taʼkidlab o‘tdi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech