Videotasvirlarni tarqatmaslik evaziga 100 AQSh dollari.
2020 yil 3 oktyabr' kuni, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, xususiy tadbirkor, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, tanishi 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro uni bir fuqaro bilan urishganligi tasvirlangan videosi borligini, ushbu tasvirni “Telegram” ijtimoiy tarmog‘ida tarqatib yuborishligini aytib, uni qo‘rqitib, ushbu video tasvirni tarqatib yubormasligi evaziga 100 AQSh dollari so‘rayotganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur ariza yuzasidan shu yil 3 oktyabr' kuni tuman IIB JQB va TEQKB tezkor vakillari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Uchqo‘rg‘on tumani Ko‘prikboshi mahallasi hududida joylashgan “Uchqo‘rg‘on dehqon bozori”da 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro arizachidan 100 AQSh dollarini tovlamachilik yo‘li bilan olgan vaqtida ushlangan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 15 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati