Velosipedni o‘g‘irlangan shaxs ushlandi.
Shu yil 3 dekabr' kuni Namangan shahrida yashovchi fuqaro IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 20:10 larda noma'lum shaxs, Namangan shahar “Sardoba” dehqon bozori oldidagi piyodalar yo‘lagidagi temir panjaraga suyab qarovsiz qoldirgan narxi 1.000.000 so‘mlik velosipedini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan va undan daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 4 dekabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati