1 May 2021 yil
354
Velosipedni o‘g‘irlab ketgan shaxs Farg‘ona viloyatidan bo‘lib chiqdi.
Joriy yil 29 aprel' kuni, Pop tumanida yashovchi, 1959 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 14:00 dan soat 15:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, Pop tumani hududida narxi 2.600.000 so‘mlik velosipedini o‘g‘rilab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Pop tuman IIB JQB tezkor vakillari va HPB profilaktika inspektori tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati