Velosipedingizni qarovsiz qoldirmang.
Joriy yilning 11 yanvar' kuni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1971 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 9 yanvar' kuni soat 07:00 dan soat 13:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, yashash uyida hech kim yo‘qligi va darvoza eshigi ochiq qolganligidan foydalangan noma'lum shaxs, hovlisida bo‘lgan narxi 1.000.000 so‘mlik velosipedini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Kosonsoy tumani IIB JQB boshlig‘i tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 11 yanvar' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati