19 Oktyabr 2020 yil
483
Velosipedchi shifoxonada vafot etdi.
Shu yil 16 oktyabr' kuni soat 18:30 larda, Xonobod-Qiyot-Kosonsoy yo‘lining 7 km.da Namangan tumanida yashovchi fuqaro otasining nomida bo‘lgan Damas rusumli avtomashinani tegishli hujjatlar bilan boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan velosipedchini urib yuborgan.
Natijada, jabrlanuvchi tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati