Velosiped o‘g‘risi qo‘lga tushdi
2021 yil 28 dekabr' kuni, Pop tumanida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil 21 dekabr' kuni soat 12:30 dan soat 13:10 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, Pop tumanida joylashgan xususiy ustaxonasi oldida turgan narxi 1.000.000 so‘mlik velosipedini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
O‘tkazilayotgan tezkor profilaktik tadbiri davomida, Pop tuman IIB JTSB boshlig‘i, TEQKB tezkor vakili, TB tergovchisi va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Pop tumanida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 28 dekabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati