Velosiped o‘g‘rilari qo‘lga tushdi.
Joriy yil 9 noyabr' kuni Uychi tumanida yashovchi fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, yashash xonadoni oldidan narxi 1.200.000 so‘mlik uch g‘ildirakli “Hongyu” rusumli velosipedini o‘g‘rilab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Viloyat IIB TEQKB TChX TB xodimlari va tuman IIB JQB tezkor vakillari hamda HPB profilaktika inspektori tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi 3 nafar shaxs sodir etganliklari aniqlangan va ulardan daliliy ashyo olingan.
Hozirda ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati