Velosiped o'g'irlagan shaxs qo'lga olindi
Joriy yil 18 may kuni, Chortoq tumanida yashovchi, 1957 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 2 may kuni soat 00:30 larda noma'lum shaxs, yashash uyiga ochiq qolgan darvozasi orqali kirib, darvozaxonasida bo‘lgan o‘g‘liga tegishli narxi 3.000.000 so‘mlik velosipedini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Chortoq tuman IIB JQB boshlig‘i, JQB tezkor vakili, HPB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Chortoq tumanida yashovchi, 1951 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati