Velosiped egasiga qaytarildi.
Joriy yil 6 aprel' kuni, Namangan shahrida yashovchi 1970 yilda tug‘ilgan ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 10:00 larda noma'lum shaxs, Namangan shahar Furqat MFY hududida joylashgan do‘kon oldida qarovsiz holda qoldirgan narxi 500.000 so‘mlik velosipedini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan shahar IIO FMB 1-sonli IIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan shahar Guliston MFYda yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan va daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati