12 Iyul 2021 yil 445

“VAZ” avtomashinasi firibgarining firiblari fosh bo‘ldi

2021 yil 29 iyun' kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil mart oyida, Namangan shahrida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan va Namangan shahrida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan fuqarolar uni ishonchiga kirib, VAZ-2106 rusumli avtomashinasini 15.000.000 so‘mga sotib olishga kelishib, pulini bir oy muddat ichida berishini aytib, avtomashinani olib ketib, boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarini bermay ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Bundan tashqari, fuqarolar o‘zining jinoiy harakatlarini takroran davom ettirib, shu yil mart oyida, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaroning VAZ-2101 rusumli avtomashinasini 9.000.000 so‘mga sotib olishga kelishib, pullarini bir oy muddat ichida berishni aytib, boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarini ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 10 iyul' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech