“Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan oylik doirasida Uchqo‘rg‘on tuman IIBda olib borilayotgan tadbirlar.
O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 25 mart kungi Farmoyishiga asosan barcha ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida “Maʼnaviyat oyligi” o‘tkazilmoqda.
“Maʼnaviyat oyligi”ning ilk kunidan Uchqo‘rg‘on tuman IIB maʼmuriy binosi va tumanning markaziy ko‘chalariga maxsus bannerlar va shiorlar joylashtirildi.
Xodimlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida Namangan shahrida joylashgan “Nodira” kutubxonasiga Uchqo‘rg‘on tuman IIB HPB voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash guruhi xodimlari tashrifi tashkillashtirilib, ularni ushbu kutubxonaga aʼzo bo‘lishi taʼminlandi.
Probatsiya guruhi va voyaga yetmagan va yoshlar bilan ishlash guruhi xodimlari esa Uchqo‘rg‘on tumani Axborot kutubxona markaziga aʼzo bo‘lishdi. Endilikda ular bu manzilga tez-tez kelib o‘z bilimlarini oshirishlari hamda adabiyotlarni mutolaa qilishlari mumkin.
Namangan viloyatida joylashgan “Tarix va madaniyat” davlat muzeyiga uyushtirilgan tashrif ham xodimlarda katta taassurot qoldirdi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati