4 Oktyabr 2021 yil
328
Uzum eksporti uchun berilgan pullar shaxsiy extiyojga ishlatib yuborildi.
2021 yil 12 avgust kuni, Norin tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2018 yil sentyabr' oyida, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, uzum mevalarini Rossiya Federatsiyasiga eksport qilib berishini aytib, 9.800 AQSh dollarini olib, ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 1 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati