14 May 2022 yil 434

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi rahbarligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan Namangan viloyatida sayyor qabullar boshlandi.

 Bugun Namangan Davlat universiteti binosi hovlisida Namangan shahar, Davlatobod, Yangi Namangan, Namangan tumanlari aholisi uchun qabullar bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general mayor B.Mirzaraximov, vazirlik huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik B.Jalolov, Namangan viloyati Ichki boshqarmasi rahbariyati ham ishtirok etmoqda. Qabulga tashrif buyuruvchilarning murojaatlari ro‘yxatdan o‘tkazilgan holda tegishli tartibda yo‘naltirilmoqda. Fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilib, mavjud muammolarni joyida yoki belgilangan muddatda hal qilish bo‘yicha masʼullarga topshiriqlar berildi.

Shuningdek sayyor qabul davomida birinchi marta fuqarolik pasporti olayotgan yoshlarga Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari tomonidan fuqarolik ID kartalari topshirildi.

Respublika ishchi guruhining sayyor qabullari yana ikki kun Chortoq va Chust tumanlarida davom ettiriladi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech