O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vaziri o‘rinbosari polkovnik Yaxyojon Abdulxakov Namangan viloyatida bo‘lib, «Dashtbog‘» MFY beshligi va tadbirkorlar faoliyati bilan tanishdi
Joriy yilning 18 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vaziri o‘rinbosari polkovnik Yaxyojon Abdulxakov Namangan viloyatiga tashrif buyurib, Namangan shahrida joylashgan «Dashtbog‘» MFY beshligi faoliyati bilan yaqindan tanishib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda mahalla beshligi aʼzolariga bir qator topshiriqlar berildi.
Shundan so‘ng, ushbu mahalla hududida joylashgan «Ilhomjon tekstil» va «Mustafo sewing» va Davlatobod tumani hududida joylashgan «Iftixor kiyim sanoat» MCHJlari faoliyati bilan tanishib, tadbirkorlarni faoliyatini yana-da qo‘llab quvvatlash bo‘yicha viloyat IIB masʼullariga topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
Shuningdek, Davlatobod tumani, “Yuksalish” mahallasi hududida joylashgan Bilim va malakalarni baholash agentligining Namangan viloyatidagi binosiga tashrif buyurilib, u yerda yaratilgan imkoniyatlar va shart sharoitlarni o‘rganilib, ushbu binoda o‘tkazilayotgan test sinovlarini o‘tkazishda jamoat xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati