9 Fevral 2023 yil 648

Ichki ishlar vaziri boshchiligidagi idoralararo ishchi guruh tomonidan Namangan viloyatida Davlat rahbari topshiriqlarining amaliy ijrosini taʼminlash choralari ko‘rilmoqda. Bugun Chortoq va Kosonsoy tumanlaridagi mahalla beshlik tizimi uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi. Hududlarda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyat barqarorligi va aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar hisoboti tinglandi.

Chortoq tumanidagi taʼlim muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. voyaga yetmaganlar ishtirokidagi yo‘l transport hodisalarini oldini olish maqsadida maktablarda tashkil etilgan yo‘l harakati xavfsizligi xonalari hamda mashg‘ulotlar mobaynida foydalaniladigan maxsus vositalar ko‘zdan kechirildi.

Ishchi guruh aʼzolariga Chortoq tumanidagi tadbirkorlik subyektlari, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish borasida berilayotgan yengilliklar hamda mahsulotlar sifati namoyish etildi.

Keyingi manzil Kosonsoy tumani Namuna mahallasi bo‘lib, bu yerda joylashgan 3-sektor binosida tizimli bajarilayotgan ishlar fuqarolarning ijtimoiy himoyasi va murojaatlarni hal etish borasidagi vazifalar salmog‘i o‘rganildi.   

Shundang so‘ng Kosonsoy tumani Bahoriston MFYda mahalla aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash dasturi asosida tortilayotgan 22 km ichimlik suvi tarmog‘ini yangilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech