20 Oktyabr 2021 yil 347

Uyushgan gurux do‘kon qulfini kalit tanlash yo‘li bilan ochgan.

2021 yil 12 oktyabr' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojat qilib, shu kunga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, mahallasida joylashgan savdo do‘koniga eshik qulfini kalit tanlash yo‘li bilan ochib kirib, do‘konda bo‘lgan umumiy narxi 1.200.000 so‘mlik 4 qop kartoshka va 4 dona yashiqda bo‘lgan gazli ichimlik suvlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Yangi Namangan tumani IIB boshlig‘ining o‘rinbosari va JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan, Namangan shahrida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan, Namangan shahrida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi, Namangan shahridagi maktabning 11-sinf o‘quvchisi, 2004 yilda tug‘ilgan hamda Namangan shahrida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan fuqarolari sodir etganliklari aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 13 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech