Uyning tokchasidan 250 gramm bo‘lgan “Marixuana” topildi
Shu yil 6 mart kuni viloyat hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida Chust tuman IIB 4-sonli IIB HPB profilaktika inspektori va JQB tezkor vakillari tomonidan tintuv davrida, Chust tumanida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan fuqaroni yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, yashash uyining ichidagi tokchasida qog‘oz ustiga maydalab yoyilgan och yashil rangli modda borligi aniqlangan.
Namangan viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 250 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 12 mart kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati