8 Fevral 2021 yil 1949

Uyni tunab ketgan noma'lum shaxs ayol kishi bo‘lib chiqdi.

Joriy yil 4 fevral' kuni Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 16:00 dan soat 19:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, yashash xonadoni oldidagi elektr qutisi ichida bo‘lgan kalitini olib, xonadon kirish eshigini ochib, xona ichida bo‘lgan umumiy narxi 500.000 so‘mlik 2 dona ayollar ko‘ylagi, har-xil ayollar matolari, narxi 500.000 so‘mlik “MAXWI” rusumli uyali telefon apparati va 2.300.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar Davlatobod tumani IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi ayol sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar Davlatobod tumani IIB huzuridagi TB  tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyat IIB Axborot xizmati

Text to speech