22 Iyun 2021 yil 395

Uyida “Nasha” yetishtirayotgan fuqaro aniqlandi.  

Joriy yil 10 iyun' kuni o‘tkazilayotgan “Qoradori-2021” tadbiri davomida, To‘raqo‘rg‘on tuman IIB HPMB TP profilaktika inspektori R.Turg‘unov va JQB tezkor vakili tomonidan, tumanda yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro yashash hovlisidagi ekinlari orasida 4 tup nasha o‘simligini ekib, parvarishlayotganligi aniqlangan.
Viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu o‘simliklar tarkibida giyohvand modda saqlovchi “Nasha” o‘simligi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

 

 

Text to speech