Uyida “Marixuana” saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi.
Shu yil 27 sentyabr' kuni o‘tkazilayotgan “Qoradori-2020” tadbiri davomida, Yangiqo‘rg‘on tuman IIB YHXG katta inspektori tomonidan olingan tezkor ma'lumotga ko‘ra, tumanda yashovchi 1971 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash xonadoni holislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, hovlisidagi molxonasining to‘sinlari orasida ko‘k rangli matoga o‘ralgan, o‘tkir hidli, ko‘kimtir rangli modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun tuman IIBga olingan.
Namangan viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning og‘irligi 18,63 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 30 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati