3 Iyun 2021 yil
551
Uyida “Ko‘knor” yetishtirayotgan ayol aniqlandi.
Shu yil 9 may kuni o‘tkazilayotgan “Qoradori-2021” tadbiri davomida, Chortoq tuman IIB HPB profilaktika inspektori tomonidan, tumanda yashovchi, 1937 yilda tug‘ilgan ayolning yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, yashash xonadoni tomorqasidagi beda o‘simliklari orasida 13 tup ko‘knor o‘simligini ekib, parvarishlayotganligi aniqlangan.
Viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu o‘simliklar tarkibida giyohvand modda saqlovchi “Ko‘knor” o‘simligi ekanligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat buyicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati