23 Sentyabr 2020 yil 621

Uyida “Gashish” saqlab kelayotgan fuqaro aniqlandi.

Joriy yil 11 sentyabr' kuni o‘tkazilayotgan “Qoradori-2020” tadbiri davomida, Norin tuman IIB JQB tezkor vakili va HPB profilaktika inspektorlar tomonidan 1972 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, zinapoyasiga solingan gilam tagida 1 bo‘lak, o‘tkir hidli, ko‘kimtir rangli modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun tuman IIBga olingan.

Namangan shahar IIO FMB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 8,67 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 21 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech