29 May 2021 yil 361

Uyida 30 tup “Ko‘knor” yetishtirayotgan ayol aniqlandi.

Shu yil 20 may kuni o‘tkazilayotgan “Qoradori-2021” tadbiri davomida, Kosonsoy tuman IIB HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan tumanda yashovchi, 1952 yilda tug‘ilgan ayolning yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, hovlisidagi ekinlari orasida 30 tup ko‘knor o‘simligini ekib, parvarishlayotganligi aniqlangan.

Viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu o‘simlik tarkibida giyohvand modda saqlovchi “Ko‘knor” o‘simligi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech