Uyga tushgan o‘g‘ri fosh etildi.
Joriy yil 14 dekabr' kuni Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu yil 14 dekabr' kuni soat 10:00 dan soat 12:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida yashash uyida hech kim yo‘kligida foydalangan noma'lum shaxslar xonadoniga kirib, uyini ichida bo‘lgan narxi 1.000.000 so‘mlik 2 dona “Sanon” va ”SONY” rusumli video kameralarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Yangiqo‘rg‘on tuman IIB JQB boshlig‘i, JQB tezkor vakili va HPB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari davomida, mazkur jinoyatni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 2016 yilda O‘z.R.JKning 169-moddasi 2-qismi bilan sudlangan, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 15 dekabr' kuni O‘z.R.JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati