Uydagi qutidan va cho‘ntakdan “Marixuana” chiqdi.
Shu yil 10 may kuni Yangiqo‘rg‘on tuman IIB JQB katta tezkor vakili tomonidan olingan ma'lumotga asosan, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1952 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, oshxonasi oldidagi maishiy gaz balloni uchun maxsus yasalgan quti ichidan qora rangli sellofan paketga solingan, och yashil tusdagi, o‘tkir hidli, o‘simlikning maydalangan qismlari tarzidagi modda borligi, bundan tashqari fuqaroning egnidagi shimi cho‘ntagida o‘tkir hidli nashasimon o‘simlik qoldiqlari borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun Yangiqo‘rg‘on tuman IIBga olingan.
Namangan viloyati IIB EKBning xulosalariga ko‘ra, olingan moddalarning sof og‘irligi 15,25 gramm bo‘lgan “Marixuanna” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati