29 Mart 2021 yil 228

Uychi tumanida yashovchi shaxs chortoq tumanidagi xonadonda o‘g‘irlik sodir etdi.

Joriy yil 26 mart kuni, Chortoq tumanida yashovchi 1972 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat kilib, unda shu kuni soat 08:00 dan soat 12:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida yashash uyida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma'lum shaxs, hovlisiga devor oshish yo‘li bilan kirib, xonadonida bo‘lgan 600 AQSh dollari va narxi 2.000.000 so‘mlik 5 ta ayollar tilla uzugi hamda 1 juft ayollar tilla baldog‘ini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Uychi tumanida yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan erkak sodir etganligi aniqlangan va undan daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 27 mart kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech