14 Oktyabr 2021 yil 333

Uyali telefon va 100 AQSh dollari qaerga ketdi?

2021 yil 8 oktyabr' kuni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojat qilib, shu yil 7 oktyabr' kuni soat 20:00 larda, mahallasida joylashgan oshxonaga ovqatlanish maqsadida kirib, o‘ziga tegishli bo‘lgan narxi 800.000 so‘mlik “Samsung-A10” rusumli uyali telefon apparatini va telefon g‘ilofi orqasida bo‘lgan 100 AQSh dollarini stol ustiga qo‘yib, qarovsiz qoldirganligidan foydalangan noma'lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Davlatobod tumani IIB HPMB profilaktika inspektori tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 11 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech