Uy uchun amakivachchasiga og‘ir jarohat yetkazdi.
Shu yil 25 oktyabr' kuni soat 22:00 larda Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan fuqaro, shu tumanda yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan amakivachchasi bilan yashash uyi oldida marhum otasidan meros bo‘lib qolgan hovlini boshqa shaxsga sotib yuborganligi yuzasidan o‘zaro janjallashib, amakivachchasining bosh qismiga qo‘llari bilan urib, tan jarohati yetkazgan.
Sud tibbiy ekspertizasining 13.11.2020 yildagi xulosasida, jabrlanuvchida bosh miya og‘ir shikasti, miyani o‘rta darajada lat yeyishi, chap tomon peshona-chakka sohasi gemografik lat yeyishi ko‘rinishidagi jarohatlar borligi aniqlanib, og‘ir tan jarohati guruhiga kirishligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 13 noyabr' kuni O‘z.R JKning 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati