Uy taxmonidan “Marixuana” topildi.
2021 yil 20 sentyabr' kuni o‘tkazilgan “Qoradori-2021” tadbiri davomida, To‘raqo‘rg‘on tuman IIB HPMB TP profilaktika inspektori tomonidan, shu tumanda yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli bog‘ xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, bog‘dagi bir xonali uyining taxmonidan qora rangli sellofan paketga o‘ralgan, ko‘kimtir rangli, o‘tkir hidli, quruq holdagi giyohvand moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun tuman IIBga olingan.
Namangan viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 149,32 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 22 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati