6 Avgust 2021 yil
347
Uy oldi-sotdisidagi firibgarlik...
2021 yil 24 iyul' kuni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1964 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2018 yil noyabr oyida, Namangan shahrida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, Namangan shahar Davlatobod tumanida joylashgan xonadonlardan olib berishini aytib, 27.700 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, pullarni o‘zining shaxsiy manfaatlari yo‘lida ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar Davlatobod tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 5 avgust kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati