16 Oktyabr 2020 yil 537

Uy oldi-sotdisidagi firibgarlik.

2020 yil 16 sentyabr' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil 1 sentyabr' kuni tanishi, Namangan shahrida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, o‘zi bilan birga yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan ukasiga tegishli Namangan shahridagi xonadonni 9.500 AQSh dollariga sotib olishga kelishib, pulini shu yil 12 sentyabr' kuni berishini aytib, aldab firibgarlik yo‘li bilan olib, shu kuni ushbu uyni, Namangan shahrida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaroga 8.500 AQSh dollariga sotib yuborib, pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 9 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech