22 Mart 2021 yil 403

Uy ichidagi avtomashinaning radiatorini o‘g‘irlab ketgan shaxs qo‘lga olindi.

Shu yil 16 mart kuni, Chortoq tumanida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 7 mart kuniga o‘tar kechasi yashash hovlisi darvoza eshigi ochiq qolganidan foydalangan no'malum shaxs, darvozaxonasida bo‘lgan GAZ-53 rusumli avtomashinasini narxi 1.500.000 so‘mlik radiatorini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan. 

Viloyat hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, Chortoq tuman IIB JQB tezkor vakili, HPB TP profilaktika katta inspektori va MG QB 9-alohida otryad komandirlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Chortoq tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 17 mart kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech