15 Sentyabr 2021 yil 358

Uy egasi o‘g‘rini ushlab oldi.

2021 yil 13 sentyabr' kuni, Namangan tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, Farg‘ona viloyatida yashovchi, 2018 yilda O‘z.R JKning 25,169-moddasi 3-qismi bilan sudlangan, 1970 yilda tug‘ilgan fuqaro shu kuni soat 00:40 larda, yashash uyiga tomorqa eshigi ochiqligidan foydalanib kirib, hovlisida turgan narxi 250.000 so‘mlik bir dona metan gaz ballonini olib, o‘zining boshqaruvida bo‘lgan Labo rusumli avtomashinasiga yuklayotgan vaqtida ushlab olganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 13 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech