6 Yanvar 2021 yil 449

Uxlab qolgan ustani shogirdi tunab ketdi.

Joriy yilning 3 yanvar' kuni, Namangan shahrida yashovchi, Akfa eshik va romlari ishlab chiqaruvchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil 31 dekabr' kuni soat 10:00 larda yashash uyida uxlab yotganligidan foydalangan noma'lum shaxs, egnidagi shimining cho‘ntagida bo‘lgan 200 AQSh dollari va 650.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni uning shogirdi, Namangan shahrida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 4 yanvar' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech