12 Avgust 2023 yil 369

Ustaxonani o‘margan shaxs IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi

2023-yil 30-iyul kuni Chust tumanida yashovchi, 1974-yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil iyun oyida nomaʼlum shaxs yashash xonadoni tashqarisida joylashgan, atrofi o‘ralmagan muzlatgichlarni taʼmirlash ustaxonasidan umumiy narxi 1 mln. so‘mlik 2 dona muzlatgich dvigatelini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan. Tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni shu tumanda yashovchi, 1979-yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlanib, tegishli ko‘rgazmalar olingan. Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech