Unutib qoldirilgan karmondagi pullarning o‘g‘risi qo‘lga olindi
2021 yil 10 oktyabr' kuni, Toshkent shahrida yashovchi, 1970 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 9 oktyabr' kuni soat 13:30 larda, Namangan shahridagi shifoxona hududida karmonini unutib qoldirganligidan foydalangan noma'lum shaxs, karmon ichida bo‘lgan 50 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Namangan shahar IIO FMB 2-sonli IIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Uychi tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 11 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati