Unutib qoldirilgan karmon o‘g‘irlandi.
2021 yil 24 iyul' kuni, Uychi tumanida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 15:30 larda, Uychi tumanida joylashgan savdo do‘koni yonidagi salqin ichimliklar sotish joyida muzqaymoq iste'mol qilib, ichida 750.000 so‘m pullari bo‘lgan karmonini unitib, qoldirib ketganligini va uni noma'lum shaxs olib ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.Uychi tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Uychi tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.Ushbu holat bo‘yicha Uychi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 24 iyul kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati