19 Fevral 2021 yil 397

Unitib qoldirilgan ayollar sumkasi egasiga qaytarildi faqat...

2021 yil 15 fevral' kuni, Pop tumanida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 1 fevral' kuni soat 11:30 larda noma'lum shaxs, Pop shahar hududida joylashgan savdo do‘koni tashqarisidagi rasta ustida qoldirgan, ichida 6.300.000 so‘m pullari va boshqa buyumlari bo‘lgan ayollar sumkasini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Pop tuman IIB JQB tezkor vakili va TB tergovchilari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Pop tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 16 fevral' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech