3 Noyabr 2021 yil 392

O‘limga sabab bo‘lgan YTH yuzasidan tergov harakatlari boshlandi.

Joriy yil 30 oktyabr' kuni soat 20:30 larda, Pop tumani Pilol MFY hududida, Neksiya-2 rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘l chetida eshak aravada ketayotgan, 1965 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.

Natijada, jabrlanuvchi olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech