19 Iyul 2025 yil
375
Uyali telefon g‘ilofida “Gashish” saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi
Joriy yilning 23-iyun kuni Pop tumani IIB xodimlari tomonidan, “Qo‘shminor” mahallasi hududidagi “Namangan” muntazam YPX maskanida harakatlanib ketayotgan, fuqaro D.B boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilganida, avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi, 1995-yilda tug‘ilgan, fuqaro Q.Mga tegishli bo‘lgan “Redmi” rusumli telefon apparati g‘ilofi ichida sof og‘irligi 0,42 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati