Uychi tumanida payshanba “Profilaktika kuni” munosabati bilan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
Haftaning payshanba kuni huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni. Erta tongdan Uychi tumani ichki ishlar tizimining sohaviy xizmat xodimlari, mahalladagi beshlik hamda hamkor tashkilotlar vakillari profilaktika kunini namunali o‘tkazish maqsadida barcha o‘ziga berilgan vazifalarni amalga oshirish uchun xizmatni boshlashdi.
Tadbir davomida, Uychi tumani IIB boshlig‘i tashabbusi bilan huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan, muqaddam sudlangan va Probatsiya hisobida turuvchi shaxslar, taʼlim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari haydovchilar va keng jamoatchilik vakillari bilan huquqbuzarliklar hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan muhokama yig‘ilishlari ham o‘tkazildi.
“Profilaktika kuni” doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishdir. Bu kabi profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.