6 Oktyabr 2025 yil 62

Uychi tumanida ichki ishlar organlari faoliyatining tungi o‘rganish ishlari davom ettirildi

Namangan viloyati IIB ishchi guruhi tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida ichki ishlar bo‘limlari hamda ijtimoiy soha obyektlarining tungi faoliyati bosqichma-bosqich o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga aniq vazifalar yuklatilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish ishlari Uychi tumanida o‘tkazilib, unda jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida xizmatga jalb etilgan xodimlarning faoliyati o‘rganildi. Jarayon davomida masʼul rahbarlarning axborotlari tinglanib, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikni yana-da kuchaytirish, xizmatni samarali tashkil etish hamda aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish bo‘yicha tegishli vazifalar yuklatildi.

Shuningdek, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi maʼmuriy binosida xizmat olib borayotgan xodimlarning faoliyati, u yerda ko‘rilgan xavfsizlik chora-tadbirlari ham o‘rganilib, xizmat intizomi va qo‘riqlash tizimi bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.

O‘rganishlar davomida “Uychi tuman gaz” gaz taʼminoti bo‘limining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni, zahira omborlaridagi ehtiyot qismlar holati va texnik vositalarning shayligi ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilarga mavsumni betalofat o‘tkazish, aholiga tabiiy gazni uzluksiz yetkazib berish hamda xavfsizlik talablariga qatʼiy rioya etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari, tuman hokimi va mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida paxtani qabul qilish maskani ham o‘rganilib, mavsum davomida yong‘in xavfsizligi qoidalariga qatʼiy amal qilish, paxta tashish jarayonida yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash borasida tegishli vazifalar belgilab berildi hamda ijrosini taʼminlash topshirildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech