Uychi tuman IIB boshligʻining tuman aholisiga murojaati
Aziz hamyurtlar, hurmatli tumanimiz aholisi, qadrli nuroniylar, jamoat tashkilotlari masʼullari!
Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari va bevosita
rahbarliklarida barcha sohalarda islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.
“Yangi
Oʻzbekiston”da huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish umummilliy
dolzarb vazifaga aylandi.
Uychi tumanida ham tinchlik va osoyishtalikni
taʼminlashning yangi mexanizmlari joriy
etilyapti.
Bu ishlarimiz kundalik hayotda ham koʻrinayapti,
jinoyat uchun jazo muqarrarligini taʼminlash vazifasi qanchalik muhim boʻlsa,
uni keltirib chiqarayotgan sabab va omillarni bartaraf qilish ham birdek
muhimdir.
Shu bois, tumanning har bir koʻchasida,
mahallasida,bozorida, istirohat bogʻida, jamoat joyida xavfsiz muhitni
yaratish choralari koʻrilmoqda.
Biz jinoyatchilikni jilovlashdek katta maqsadlarni oʻz
oldimizga maqsad qilib qoʻyganmiz.
Prezidentimizning joriy yil 3-yanvardagi “2025-yilda
Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning
barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha
chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 1-sonli qarorlari asosida mahallalarda xavfsiz
muhitni yaratish boʻyicha mutloqo yangicha ishlash tizimi joriy etildi.
Qarorga muvofiq har bir mahallada huquqbuzarlikning erta
oldini olish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha yangi mexanizm
joriy etildi.
Qaror ijrosi doirasida tumandagi jami 56 ta
mahallalarning choraklik manzilli yoʻl xaritalari ishlab chiqildi kriminogen
vaziyati ogʻir boʻlgan 11 ta mahallalarga masʼul rahbarlar nomma-nom
biriktirildi.
Yoʻl xaritalari ijrosi yuzasidan yil boshidan mahallalarda
aholi gavjum joylarda 110 ta, koʻp qavatli uylarning hovlisiga 360 gradus
aylanuvchi 3 ta, mahallalarning asosiy kirish-chiqish joylariga 35 ta, bozor va
savdo markazlariga yuzni va avtomobil raqamini tanib oluvchi 4 ta, maktab va
maktabgacha taʼlim muassasalarining kirish-chiqish joylariga, ochiq sport
maydonlariga 25 ta, jami 177 ta PTZ va oddiy kameralar, koʻp qavatli uylarning
kirish eshiklariga 35 dan ortiq damafon, ularning kirish yoʻlaklariga 200 dan
ziyod tashvish tugmalari oʻrnatildi.
Mahallalarda mavjud muammolarni, joyida manzilli xal
etish uchun, ijtimoiy profilaktika tizimi yoʻlga qoʻyildi. Profilaktika
inspektorlari tomonidan huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish
ehtimoli yuqori boʻlgan 1 958 nafar shaxslarga xulosalar berilib, mavjud
muammolarini mahalla yettiligi tomonidan hal etilishi taʼminlanmoqda
Shuningdek, mahalla faollari tomonidan 288 nafar
shaxslarni muammolari ijobiy hal etildi.
Jumladan,
- 226 nafar shaxslarning bandligi taʼminlandi,
- 53 ta ajrim yoqasidagi nizoli oilalar yarashtirildi,
- 7 nafar ogʻir ahvoldagi ayollarga yordamlar
koʻrsatildi,
- 6 nafar tazyiq va zoʻravonlikka uchragan
xotin-qizlarga himoya orderlari berildi,
- 3 nafar jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan
xotin-qizlarga ijtimoiy moslashtirildi,
- 18 nafar ishsiz yoshlar kasb-xunarga yoʻnaltirildi,
- 2 nafar koʻmakka muhtoj ogʻir toifadagi yoshlarning
muammolari hal etildi,
- 11 nafar huquqbuzarlik sodir etishga moyil yoshlar
bilan profilaktik tadbirlar oʻtkazildi,
- 1 nafar tibbiyot muassasalari hisobida turuvchi
shaxslar sogʻlom hayotga qaytarildi,
- 87 ta ogʻir ahvoldagi oilalarga kompleks ijtimoiy
xizmatlar koʻrsatildi,
- 24 nafar keksa va yolgʻiz yashovchi shaxslarga tibbiy
yordamlar koʻrsatildi,
- 24 nafar nogironlarga ijtimoiy, tibbiy va boshqa
yordamlar koʻrsatilib, muammolari ijobiy hal etildi.
Mahallalarda fuqarolarni ogohlikka chaqiruvchi “Hudud
kamera nazoratida!”, “Obyekt qoʻriqlovda!” hamda “Xonadon qoʻriqlovda!” kabi
jami 250 ga yaqin stikerlar joylashtirildi, mahallalarda 50 ta “namunaviy
xavfsiz koʻcha” hamda 20 ta “namunaviy xavfsiz yoʻlak” tashkil etildi, ichki
yoʻllar va koʻchalar 450 ta yoritish vositalari bilan taʼminlandi.
Albatta bu oʻzining ijobiy samarasini koʻrsatmoqda.
Bunda, kriminogen vaziyati ogʻir mahallalarning jinoyat
oʻchoqlari joyida oʻrganilmoqda, misol uchun, tuman mahallalarida sodir etilgan
46 ta oldini olish mumkin boʻlgan jinoyat sababi tahlil qilinib, tegishli chora
tadbirlar belgilandi.
Endi eʼtiboringizni huquqbuzarlik va jinoyatlarning
oldini olish boʻyicha dastlabki bajarilgan ishlar va tahlillarning natijalariga qaratsam.
Joriy yilda, huquqni muxofaza qiluvchi organlar bilan
hamkorlikda 12 marotaba tezkor qidiruv tadbirlari oʻtkazilib, 11 ta jinoyatlar
fosh etishga erishildi.
4 327 tadan ortiq huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar
aniqlanib jazo muqarrarligi taʼminlandi.
9 nafar xisobda turgan ruhiy kasal, 1 nafar giyoxvand
va 46 nafar spirtli ichimlik ichishga ruju qoʻygan shaxslar majburiy davolashga
yotqizildi.
Tuman hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish va
huquqbuzarliklarni oldini olish borasida olib borilgan chora-tadbirlar
natijasida, oldini olish mumkin boʻlgan jinoyatlar -27,3 foizga (66 tadan 48
taga -18 ta),
- mahalla hududida oldini olish mumkin boʻlgan
jinoyatlar esa 20,6 foizga (34 tadan 27 taga, - 7 ta) kamaytirishga erishildi.
- aniqlanadigan jinoyatlar 105,6 foizga (18 tadan 37
taga, +19 ta) koʻp aniqlanib, jinoyat sodir etib yurgan shaxslarga jazo
muqarrarligi taʼminlandi.
Tumanimizdagi 56 ta mahallalardan 39 tasida
jinoyatlar sodir etilishiga yoʻl qoʻyilmadi hamda 15 ta mahalla sariq,
2 ta mahalla qizil toifaga kiritildi.
Keyingi vaqtlarda firibgarlik va oʻgʻrilik jinoyati
oshayotgani ham bunga
yaqqol misol boʻladi.
Firibgarlik va oʻgʻrilik jinoyatlari aksariyat hollarda
axborot texnologiyalari va internet ijtimoiy tarmoqlari orqali sodir
etilayotganligi tashvishli holdir.
Soʻnggi vaqtlarda Oʻzbekiston huquq
idoralari ilgari duch kelmagan kiber makondagi
jinoyatlar salmogʻi ortishi anchagina tashkiliy choralar koʻrishni taqozo
etdi.
Maʼlumot uchun, tumandagi jinoyatlarning 50 foizini
axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar tashkil etmoqda.
Misol uchun, joriy yilning oʻtgan davrida birgina
plastik kartadan pul mablagʻlarini yechib olish holati yuzasidan 84 ta jinoyat
ishi qoʻzgʻatildi.
Kiber makonda sodir etilgan jinoyatlarning 36 tasi yoki
firibgarlik hamda 46 tasi yoki oʻgʻrilikni tashkil qilgan.
Soʻnggi yillarda bu toifadagi jinoyatlar, bir necha
baravarga koʻpaydi.
Ilgari bunday jinoyatlarga qarshi ishlaydigan tizim
boʻlmagan. Shu sababli, aholimizdan firibgarlik qurboni boʻlmaslik uchun,
internet ijtimoiy tarmoqlari orqali kelayotgan turli xil feyk xabarlardan
ehtiyot boʻlishlarini hamda bank kartalari va hisob raqamlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni sir
saqlashni soʻrab qolamiz.
Aziz tumanimiz aholisi!
Shu oʻrinda, kriminogen vaziyatga taʼsir koʻrsatuvchi
jinoyatlarning ayrim turlari borasida ham gapirmoqchiman.
Aytish kerakki, yilning dastlabki 4 oyi yakuniga
koʻra, mast holda (1-0), ishsizlar (3-0) va yoshlar (13-8) jinoyatini
kamaytirishga erishgan boʻlsak-da, voyaga yetmaganlar (1-1), ayollar (2-3) va muqaddam sudlanganlar (0-1) jinoyati esa
biroz oshgan.
Xususan, oila va turmushda sodir etilgan
huquqbuzarliklarga oilaviy - maishiy muammolar asosiy sabab
boʻlganligi aniqlandi.
Shu sababli notinch, ajrim yoqasidagi oilalarning
mavjud muammolarini bartaraf etish boʻyicha boshqa idoralar va keng
jamoatchilikni jalb qildik.
Natijada, oʻtkazilgan oʻrganishlarda kriminogen
vaziyati ogʻir mahallalarda 180 ta ijtimoiy koʻmakka muhtoj xotin-qiz
aniqlanib, ularning muammolarini hal qilish boʻyicha 75 ta chora koʻrildi.
Yoshlar oʻrtasidagi jinoyatchilik masalasiga
umummillat ishi deb yondashib, barcha birgalikda jon kuydirishi kerak.
Taʼlim muassasalari va jamoat joylarida masʼullar
profilaktik (davomat, tigʻ va oʻsmir reyd) tadbirlarida uzoq muddatga ketgan
336 nafar bola, muntazam dars qoldiruvchi 16 nafar, tarbiyasi ogʻir 89 nafar
oʻquvchi aniqlandi. Ularning 276 nafari maktablarga qaytarildi.
Tarbiya masalalariga eʼtiborsiz qaralgan vaziyatda
yuzaga keladigan koʻngilsizliklar ham, u keltirib chiqaradigan zararli
oqibatlar ham barchamizga ayon. Tarbiya masalalari bilan har daqiqada shugʻullanish zarur.
Shu oʻrinda ota-onalarga murojaat qilamiz! Farzandingiz
kelajagi uchun befarq boʻlmang! Ularning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishi,
bilim olishi, kasb-hunar egallashiga sharoit yaratib bering va kundalik
nazoratni boʻshashtirmang! Unutmang, har bir bolaning kelajagi ham birimiz
uchun muhimdir.
Hurmatli fuqarolar!
Korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish choralari
ham koʻrilmoqda. Zero, sir emas korrupsiya har bir
sohaning rivojiga toʻsiq boʻlmoqda.
Shu sababli, korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga
barham berish yoʻlida qatʼiy murosasiz kayfiyatni shakllantirish, unga qarshi
kurashishda men butun Uychi ahlidan oʻz hissangizni qoʻshishga chaqiraman.
Prezidentimiz talab qilayotgan, jinoyatlarning oqibatlari emas, ularning
sabablarini, huquqbuzaliklarga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf qilishni ustuvor vazifa deb xalq bilan
birgalikda harakat qilishimiz kerak.
Buning uchun, har bir mahalla, xonadongacha tushib,
huquqbuzarlik omillarini aniqlashga eʼtiborimizni kuchaytiramiz, jinoyat sodir
etgan va bunga moyilligi bor fuqarolar bilan uchrashuvlar oʻtkazib, “fuqarobay”
ish tizimini joriy qilamiz.
Huquqbuzarlik va jinoyatga sabab boʻlayotgan oilaviy,
ijtimoiy, moddiy va psixologik muammolarni hal qilishga, har bir fuqaroda
“jinoyatchilikka qarshi immunitet”ni bolalikdan shakllantirishga alohida
eʼtibor qaratamiz.
Aziz hamyurtlar!
Jinoyatlarga qarshi kurashda prokuratura organlari, koʻmak
va hamkorlikda jinoyatlarning har qanday koʻrinishiga chek qoʻyishga
kafolat beradi.
Shunday ekan, aholi va keng jamoatchilikni
jinoyatlarning oldini olishga hamda ularni bartaraf etishga faol hamkorlikka chaqiramiz.
Zero, sodir etilayotgan jinoyatlarni fosh etilishi va
oldi olinishida xalqimizdan masʼuliyat,
tashabbuskorlik hamda daxldorlik hissi
bilan yondashishni soʻrayman.
Shuni yana bir bor alohida qayd etamanki, jinoyatning
har qanday koʻrinishiga tezkor ravishda munosabat bildirishga, jinoyatga qoʻl
urganlarga nisbatan jazoning muqarrar taʼminlanishiga shaxsan
kafolat beraman.
Barchamiz
jinoyatdan holi yangi
Oʻzbekiston uchun birlashaylik!
Uychi tumani IIB boshligʻi U.Eshonov